Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhojirlar Meksikadan AQShga tunnel qazishgani ma'lum bo‘ldi
Amerikaning Kaliforniya shtatidagi San-Diyego shahrida politsiya taxminan 30 nafar muhojirni qo‘lga oldi. Bu holat ular Meksikadan AQSh hududiga kirib olishga muvaffaq bo‘lgan tunnel topilganidan so‘ng yuz berdi, deb xabar bermoqda The San Diego Union-Tribune.
Aniqlik kiritilishicha, migratsiya politsiyasi xodimlari yetti meksikalik va Xitoyning 23 fuqarosini qo‘lga olishgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olish chog‘ida bir necha kishi tunnelga qayta kirib ketgan.
27 iyul kuni AQSh kongressi Meksika bilan chegarada devor qurishga “boshlang‘ich to‘lov” sifatida byudjyetdan 1,6 mlrd dollar ajratishga ovoz berdi.
Donald Trampning saylovoldi va'dalaridan biri aynan devor qurishga taalluqli edi.
Avvalroq Tramp meksikaliklarni eng jinoyatlashgan millatlardan biri deb atagandi.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026