Jahon | 11:48 / 28.08.2017
12282
1 daqiqa o‘qiladi

NASA Marsdagi qor tepaliklarini ko‘rsatdi

Foto: NASA

NASA Marsning qor tepaliklari tasvirlangan suratni taqdim etdi. 2017 yilning 21 may kuni MRO (Mars Reconnaissance Orbiter) orbital stansiyasining HiRISE (High Resolution Imaging Science Experiment) ilmiy instrumenti tomonidan olingan fotosuratda Qizil sayyoraning shimoliy yarim sharidagi tepalikni ko‘rish mumkin. U muzlagan karbon dioksidi (quruq muz) bilan qoplangan.

Surat Yerdagi bahor fasliga mos tushuvchi davrda olingan. Mars shimoliy yarim sharida bu vaqtda muzlar ajralishni boshlaydi, ularning ostidagi qumlar esa yuzaga chiqadi. Ushbu holat koinotdan Yerdagi qumtepaliklariga o‘xshab ketadi.

Mars orbitasida ayni vaqtda oltita stansiya bor bo‘lib, ulardan yarmi – Amerikaniki: Mars Odyssey (2001 yildan), MRO (2006 yildan) va MAVEN (Mars Atmosphere and Volatile EvolutioN, 2014 yildan). Shuningdek, Qizil sayyora yuzasida Amerikaning ikkita marsoxodi bor - Opportunity (2004 yildan) hamda Curiosity (2012 yildan).

Mavzuga oid