Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Prezident Kattaqo‘rg‘onda dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan operativ taktik mashqlarni kuzatdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlarining jangovar tayyorgarlik rejasiga muvofiq “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan operativ taktik mashqlarni kuzatdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mazkur dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari tomonidan dushman tahdidini qaytarish va uni yo‘q qilishga doir mashg‘ulotlar bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jami oltita jangovar harakatlar epizodi va uchta alohida epizodda namoyish etildi. Vatanimiz himoyachilari barcha vazifalarni muvaffaqiyatli bajardi.
Davlatimiz rahbari harbiy mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Harbiylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning xizmat va hayot sharoitlarini yaxshilash, bilimi va ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga e'tibor qaratildi. Shavkat Mirziyoyev milliy armiyamiz moddiy-texnik ta'minoti bilan shug‘ullanadigan alohida tuzilma tashkil etish zarurligini ta'kidladi.
Prezidentimiz Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida qo‘llanib kelinayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalar, ya'ni zirhli texnikalar, artilleriya qurollari, motoo‘qchi bo‘linmalaridagi avtomobillar, razvedka va aloqa vositalari bilan tanishdi.
Mavzuga oid
19:59 / 26.06.2026
Bosh prokuratura tomonidan “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirildi
17:52 / 26.06.2026
Vatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman - Shavkat Mirziyoyev
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
21:07 / 25.06.2026