Özbekiston böylab qöşaloq bayramlar nişonlanişi arafasida Toşkent şahar “101” qisqa raqamining Markaziy dispetçerlik xizmati OAV vakillari uçun maxsus tadbir uyuştirdi. Unda OAV vakillari MDXning faoliyati, uning şaharda yonğin xavfsizligiga qarşi kuraş, ularni bartaraf etişdagi örni xususida batafsil ma'lumotlar berildi.





Toşkent şahar IIBB Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi MDX rahbari podpolkovnik Yurov Sergeyning ma'lum qilişiça, bugungi kunda uşbu Markaziy dispetçerlik xizmati işini olib borişda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiliş ustida iş olib borilmoqda. Şu maqsadda xorijdan olib kelinayotgan va örnatilayotgan elektron jihozlar va kuzatuv kameralari, aloqa vositalari, xavfdan ogoh etuvçi uskunalarning yuqori sifatli bölişiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mazkur tadbirda iştirok etgan KUN.UZ muxbiri kameralar sifati, iş jarayonida axborot texnologiyalari qançalik jiddiylik bilan joriy qilinayotganiga bevosita guvoh böldi.



Xususan, ÖzMTRK hududidagi teleminoraga örnatilgan kameralarning yaqinlaştiriş (ZOOM) tasvirlari sifatini a'lo darajada ekaniga işonç hosil qilindi. Jumladan minoradagi kameralar 5-6 km uzoqlikdagi hududlarni yuqori aniqlikda körsatadi. Yana bir kamera MDX binosiga örnatilgan. Şu bilan şahar katta hududini yuqoridan yonğin xavfsizligi böyiça nazorat qiliş mumkin.






















