Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg şahridagi teatrda bir erkak sahnadan tomoşabinlarni öqqa tutgan. Oqibatda bir kişi halok bölgan, 7 kişi yarador bölgan.
Voqea 27 avgust ertalab Hillbrow Theatre teatrida musiqiy guruh konserti ötayotgan vaqtda sodir bölgan.
“Gumonlanuvçi sahnaga sakrab çiqib, mikrofonni qöliga olib, unga telefoni qaytarilmagunça konsert davom etmasligini aytgan. Tomoşabinlar vaziyatga aralaşişga harakat qilişganda, u tartibsiz öq uza boşlagan va 8 kişiga tekkan”, deb ma'lum qilgan politsiya vakili, polkovnik Lungelo Dlamini.
Söngra jinoyatçi voqea joyidan qoçib ketgan. Ayni vaqtda u qidirilmoqda.

















