Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbariyatida yana özgariş röy berdi.
Kun.uz manbalari tasdiqlaşiça, avgust oyi boşida MTRK raisi vazifasini bajaruvçisi etib tayinlangan Bobur Alixonov lavozimidan ozod etilgan.
Jurnalist Bobur Alixonov aprel oyidan buyon kompaniya raisining birinçi örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelayotgan edi. U 2 avgust kuni lavozimdan ozod etilgan Xurşid Mirzohidov örniga rahbar bölgandi.
Ayni vaqtda MTRK raisi örinbosari lavozimi böş qolmoqda.
Şu tariqa, yil davomida Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida uçinçi marta rahbar işdan olindi. Fevral oyida 2005 yildan buyon televideniyega rahbarlik qilib kelgan Alişer Xöjayev işdan olinib, uning örnida Xurşid Mirzohidov iş boşlagandi.
















