Simsiz aloqa vositalari va mikroçiplar işlab çiqaruvçi  Qualcomm kompaniyasi Xitoyda yarimötkazgiçlar işlab çiqaruvçi  mahalliy kompaniya Gotop’ga qarşi sud işida yutib çiqdi hamda 100 mln yuan (15 mln dollar) miqdorida tovon puli oldi.

AQŞ kompaniyasi foydasiga qaror Şanxay sudida çiqarildi.

1992 yilda taşkil etilgan Gotop kompaniyasi (xitoyça nomi Gao Tong) kompyuter texnikasi uçun turli ehtiyot qismlar işlab çiqariş bilan ham şuğullanadi. Qualcomm Xitoyda 2001 yilda öz vakolatxonasini oçgan va köplab yillar davomida öz mahsulotini Gao Tong brendi ostida sotgan. 2010 yilda AQŞ kompaniyasi Xitoy sanoat-savdo ma'muriy boşqarmasiga Gotop tomondan qayd qilingan Gao Tong cavdo markasini bekor qiliş bilan murojaat qilgan. Murojaat qondirilgan va Xitoy kompaniyasi sud qarori böyiça apellyatsiyani ikki marta yutqazgan.

2014 yilda Gotop Şanxay xalq sudiga unga Gao Tong markasi ostida savdo qiliş huquqi qaytarilişini sörab murojaat qilgan. Bu iş böyiça sud jarayoni 2016 yil may oyida boşlangan. AQŞ kompaniyasi sudda Xitoy kompaniyasi bu savdo markasiga huquqni yöqotganini ta'kidlagan. Natijada sud Qualcomm foydasiga qaror çiqargan va Xitoy kompaniyasi zimmasiga tovon puli tölaş majburiyatini yuklagan.