Julian Assanjning WikiLeaks loyihasi taşkilot sayti xakerlar guruhi tomonidan buzib kirilgani borasidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda WikiLeaks’ning rasmiy tvitterida ma'lum qilingan.
«WikiLeaks serverlari buzib kirilgani haqida feyk xabarlar tarqaldi. Bu yolğon», - deyiladi xabarda. Biroq, ayni damda foydalanuvçilar WikiLeaks saytiga kira olmayotgani ma'lum qilingan.
Avvalroq xakerlar WikiLeaks saytini buzişgani xabar berilgandi.












