12:46 / 02.09.2017
16717

Yana bir terma jamoa jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qildi

2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash bosqichining KONKAKAF mintaqasida  ishtirok etayotgan Meksika terma jamoasi 7-turda Panama terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu g‘alaba natijasida meksikalik futbolchilar Rossiyada bo‘lib o‘tadigan mundial yo‘llanmasini muddatidan oldin hal qilib qo‘yishdi. 7 uchrashuvdan keyin 17 ochko to‘plagan terma jamoa keyingi turlarda uchinchi o‘rinda pastga tushib ketmasligi aniq bo‘lib ulgurdi.

Natijada, bugungi kunga kelib, JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalar soni beshtaga yetdi – Rossiya (turnir mezboni), Braziliya, Eron, Yaponiya va Meksika.

JCh-2018. saralash. KONKAKAF mintaqasi

Meksika – Panama 1:0 (0:0)
Gol:
 Losano (53).
Meksika: Korona, Arauxo, Ayyala, Reyyes, Ochoa, Guardado, Galyardo, Damm (Losano, 51), Errera, Vela, Ernandes.
Panama: Kalderon, Baloy, Machado, Chen, Devis (Kintero, 28), Godoy, Buitrago, Gomes, Kuper, Ovale, Texada.

Mavzuga oid
Top