Amerikalik milliarder Jorj Sorosni terrorchi sifatida tan olish so‘ralgan petitsiya 100 ming imzoni yig‘di, bu uni Oq uy ko‘rib chiqishi uchun yetarlidir. Petitsiya matni Oq uyning onlayn-platformasida e'lon qilindi.
Petitsiya mualliflarining ta'kidlashicha, u «doimiy ravishda vaziyatni beqarorlashtirishga harakat qilgan va Qo‘shma Shtatlar hamda uning fuqarolari manfaatlariga zid ish olib borgan».
Shuningdek, Sorosni butun Demokratik partiya va AQSh federal hukumatining katta qismiga nosog‘lom va asossiz ta'sir ko‘rsatishni kuchaytirib borishda ayblashmoqda.
Oq uy petitsiya borasida hozircha izoh bermadi.
Avvalroq Jorj Soros terrorchi sifatida tan olinishi mumkin ekani xabar qilingandi.















