Latviya poytaxti Riga şahrida joriy yilning 28-30 avgust kunlari Latviya-Özbekiston mamlakatlari örtasida biznes forum ötkazildi.

Uşbu forum doirasida «Özbekoziqovqatxolding» XK vakillari tomonidan oziq-ovqat sohasida bir neçta yönalişlar böyiça muzokaralar olib borildi.

«Özbekoziqovqatxolding» matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar qilişiça, bu muzokaralar natijasiga köra, Riga şahrida Özbekiston -Latviya savdo uyi oçilişiga kelişib olindi. Şuningdek, Yevropaning barça mamlakatlari, Skandinaviya va Boltiqböyi davlatlariga Özbekistondan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarni saqlab va yetkazib beruvçi logistika markazi «hab» işga tuşiriladi. Bundan közlangan asosiy maqsad Yevropa mamlakatlari savdo peş-taxtalarini Özbekistonning sarxil mevalari va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaşdir.

Muzokaralar davomida şuningdek, Jizzax viloyatida qattiq turdagi pişloq mahsulotlarini işlab çiqaruvçi korxonani oçiş böyiça memorandum imzolangan.