AQŞ Savdo vazirligi qoşidagi Milliy standart va texnologiyalar instituti (NIST) tomonidan tuzilgan dasturiy ta'minot reytingi natijalariga köra, Rossiyaning NtechLab kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan FindFace algoritmi birinçi örinni egalladi. NIST şuningdek FindFace dasturining biznes versiyasi uçun ham sertifikat berdi. NtechLab asosçisi Artyom Kuxarenkoning sözlariga köra, bu AQŞdagi avtomatlaştirilgan pasport nazorati uçun işlab çiqariluvçi jihozlarga algoritmni kiritişga doir keçayotgan muzokaralarda kompaniyaning pozitsiyasini kuçaytiriş imkonini beradi. 24gadget şunga doir ma'lumoti bilan bölişdi.
Bir neça mamlakatdan 14 dasturiy töplam sinovdan ötkazildi: Rossiyaning 3DiVi va Vocord, Germaniyaning Dermalog, Hindistonning Samtech InfoNet, AQŞning VCognition va boşqa algoritmlar. Ikkinçi örin ham Rossiya kompaniyasining dasturi tomonidan band etildi - 3DiVi.
Yuzni tanişga möljallangan algoritmlar tört yönaliş böyiça sinovdan ötkazildi: fotosuratni real şaxs bilan taqqoslaş, turli rakurslardan va yoruğlik bilan yaxşi jihozlanmagan şaroitlarda olingan selfi böyiça taniş, suratlarni jinoyatçilar bazasi bilan taqqoslaş va videodan yuzni taniş hamda ajratiş.
Ğalaba FindFace Enterprise Server SDK 2.0'ning yangilangan biznes versiyasiga nasib etdi, u yettitagaça asosiy hissiyot va 50 xilgaça yuz ifodasi böyiça taniş imkonini beradi. Bundan taşqari, dasturiy töplam jins va yoşni aniqlab, atigi yarim soniya içida 1 milliardlik suratlar bazasidan kerakli insonning suratini topa oladi.
FindFace'ning tijoriy varianti bilan işlaşga qodir Android-ilova mavjud. Endi çakana tarmoqlar xodimlari smartfon yordamida öz mijozlarini tanişlari va an'anaviy kartalarsiz diskont tizimini işga tuşirişlari mumkin böladi.

















