«Xalqaro muammolar qolmoqda, va bizning fikricha, qat'iyroq siyosat olib borish kerak. Prezident bo‘lsam, ishni nimadan boshlardim: men birinchi bo‘lib tashqi ishlar vazirini lavozimidan ozod qilardim. U sharoitga yaramaydi, <…> bugun umuman boshqa shaxs kerak, u Lavrovdan yaxshiroq bo‘lishi lozim», - deya ma'lum qildi Jirinovskiy.
Shu bilan birga, u vazir lavozimini kim egallashi mumkinligini aytmagan.
Avvalroq Jirinovskiy Ukrainada terrorizmni moliyalashtirishda gumonlanayotgani xabar berilgandi.











