Bugundan boşlab yurtimizdagi tijorat banklarda aholidan valyuta ayriboşlaş boşlandi. Ijtimoiy tarmoqlar valyutasini qiynalmasdan sömga almaştirgan insonlar fotosuratlari bilan tölib-toşmoqda.

Tijorat banklarining barçasida 1 AQŞ dollari 8000 sömdan sömga ayriboşlab berilmoqda. Ayrim xabarlarga köra, keçagina 7600-7800 söm atrofida bölgan «qora bozor» kursi ham bugunga kelib 8050 sömga kötarilgan.

Yana bir e'tiborli holat — Markaziy bank 2017 yil 5 sentabrdan boşlab çet el valyutalarining sömga nisbatan kursini belgilaşda kursi belgilanadigan valyutalar qatorini ança kengaytirib, unga Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va hatto Afğoniston milliy valyutalarini ham kiritgan.

«Ilgari mazkur valyutalarning sömga nisbatan rasmiy kursi belgilanmas va hatto bu valyutalarda eksport-import şartnomalari tuzilişiga ham yöl qöyilmas edi, qandaydir tasodifiy yöl bilan uşbu valyutalarda bitimlarni statistika uçun qayd etiş uçun lozim bölganda esa kross-kurslardan foydalanilar edi. Bu juda arzimasdek holat bölişi mumkin, lekin buning negizida juda katta ramziy ma'no va işoralar bor.

Demak, qöşnilar bilan savdo-sotiq munosabatlari bardavom böladi, unga asosiy urğu beriladi», — deyişmoqda ekspertlar.

Şuhrat Şokirjonov tayyorladi.