Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bartomeu: «Neymarga ishonib katta xato qildik, Messida esa hammasi joyida»
Foto: Marca
«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu jamoa hujumchisi Lionel Messi shartnomasi borasida gapirib o‘tdi. Oldinroq, Bartomeu futbolchi bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolaganini bildirgan biroq hozirga qadar futbolchi shartnomaga qo‘l qo‘ymay kelmoqda.
«Messi «Barselona» bilan allaqachon shartnoma imzolab bo‘lgan. Faqat suratga tushish va shu kabi rasmiyatchiliklarni o‘tkazib olsak bo‘ldi», — deya Bartomeuning so‘zlarini keltiradi Sport.
«Barselona» rahbari shuningdek, hujumchi Neymarning transferi haqida gapirib o‘tgan: «Neymar va uning otasiga ishonib, katta xato qilgan ekanmiz. Biroq uning ketishi jamoaviy futbolga qaytishimiz uchun imkon beradi. Uning transferidan tushgan mablag‘lar o‘z tarbiyalanuvchilarimizni yetishtirib chiqarishga sarflashimiz mumkin bo‘ladi».
Mavzuga oid
09:59
«Arsenal»da alamli mag‘lubiyat, «Barsa» o‘yinida gollar shousi. Kun o‘yinlari
12:19 / 03.12.2025
«Siti» 4 ta gol o‘tkazdi, «Barsa»da kambek
11:54 / 30.11.2025
Fayzullayev gol urishni boshladi, Shomurodov davom ettirdi, «Barsa» «Real»ni quvib o‘tdi
13:13 / 26.11.2025