Bugun, 5 sentabr kunidan boşlab Özbekistondagi barça aksiyadorlik-tijorat banklarida xorijiy valyutaning milliy sömga nisbatan erkin konvertatsiya qilinişi boşlandi. Kun.uz muxbiri amaliyot qanday tartibda taşkil etilgani va şaroitlar bilan tanişiş maqsadida Toşkent şahridagi «Ipoteka bank» hamda «Özsanoatquriliş» banklarining valyuta ayirboşlaş şoxobçalariga yöl oldi.

Avvalo, «bank» yozuv qadalgan har bir eşikka kirişingiz bilan xorijiy valyutani sömga almaştirib berişmaydi, uning uçun aynan valyuta ayirboşlaş şoxobçasiga (VAŞ) taşrif buyuriş tavsiya etiladi. Söngra iş soatlariga e'tibor qarating: «Ipoteka bank» VAŞ xodimining aytişiça, mazkur bölim xodimlari tuşliksiz soat 9:00dan to 17:00gaça mijozlarga xizmat körsatadi. «Özsanoatqurilişbank» VAŞ punktida esa tuşlik vaqti belgilangan, bu kunning 14:00-15:00 vaqtida ekani tasdiqlangan.

Valyuta ayirboşlaş uçun şaxsni tasdiqlovçi heç qanday hujjat talab etilmaydi, faqat EKIH 100 baravaridan ortiq summaga (taxminan 1875 AQŞ dollar) teng valyutani ayirboşlaş payti bank xodimi fuqarolik pasportingizni söraşga haqli. Har bir mijozga örtaça 3 daqiqa davomida xizmat körsatiladi. Bugun köpi bilan 5-7 kişidan taşkil topgan navbatlar paydo bölgan.

Xorijdan yuborilgan pul ötkazmalarini naqd pul körinişida qabul qilasiz, xohişingizga qarab şu joyning özida sömga almaştirib olişingiz mumkin. Valyuta sotib oliş uçun VAŞ punktiga emas, balki bank konversion xizmatlari bilan şuğullanuvçi bölimga murojaat qiliş söraladi.

Demak, 100 AQŞ dollari barça VAŞ punktlarida 800.000 söm mablağga ayirboşlaş joriy etilgan. Tijorat banklarni narx siyosatini mustaqil yuritişi mumkin, ammo hozirça ular bitta kursda davom etmoqda. Ayirboşlaş amaliyotini tugallaş uçun sertifikatga imzo qöyasiz va söm kupyuralarini sanab olişingiz söraladi.

PS: Mening nazarimda, bank xodimlari juda muloyim va sifatli xizmat körsatmoqda. Punkt boşqaruvçisi va yordamçisi mijozlarga qulayliklar yaratiş uçun barça imkoniyatlarini işga solmoqda. Navbatda turganlar uçun kutiş örindiqlari bor, umuman işingiz beş daqiqaga yetib bormay hal böladi.