Sport | 08:19 / 06.09.2017
49835
1 daqiqa o‘qiladi

Video: «Voy, tugabdi-da hammasi endi» - Anzur Ismoilov shokda

Jahon chempionati saralashining O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi (0:0) dan so‘ng ekspress-intervyu stendi oldida jonli efirda so‘zga chiqqan terma jamoamiz himoyachisi shokka tushib qoldi.

U saralash siklining so‘nggi turida parallel ravishda o‘tgan Eron - Suriya uchrashuvning biroz oldingi natijasi (2:1) dan xabardor ekanligini bildirib, pley-off uchrashuvlarida kurashish haqida gapirayotgan edi. O‘yinning yakuniy hisobi (2:2) aytilgach va O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qolganini anglagach, «Voy, tugabdi-da hammasi endi» deb, nima fikr bildirishni bilmay qolgan.

Mavzuga oid