Keça, 5 sentabr kuni respublika valyuta birjasida ötkazilgan savdolarda AQŞ dollarining sömga nisbatan qiymati 10 sömga ortib, 1 dollar 8110 söm miqdorida baholandi. 

5 sentabrgaça aksariyat odamlar dollarning bozor kursini aniqlaşda turli şubhali telefon ilovalari va saytlardan foydalanişar edi. Endi Prezident farmonidan söng davlatimizda valyuta bozori liberallaştirilgaç, kursni «qora bozor»dagi köça odamlari emas, respublika valyuta birjasida bölib ötgan savdolarga qarab örnatib borilişini hamma ham bilmasa kerak.

Bundan buyon dollarning Özbekiston respublika valyuta birjasida örnatilgan kunlik kurslarni uşbu havola orqali kuzatib borişingiz mumkin.