Argentina terma jamoasi JÇ-2018ning Janubiy Amerika mintaqasi saralaş bosqiçining 16-turi doirasida Venesuela termasi bilan öz uyida durang natija qayd etdi - 1:1.

Uçraşuvda mehmonlar hujumçisi Jon Murilo 50-daqiqada hisobni oçdi, oradan tört daqiqa ötib venesuelaliklar himoyaçisi Rolf Feltşer öz avtogoli bilan argentinaliklarga hisobni tenglaştiriş uçun yordam berdi. Qolgan vaqt davomida darvozalarga boşqa gol urilmadi.

Urugvay termasi esa Paragvayni 2:1 hisobida mağlub etdi. Urugvayliklar yarim himoyaçisi Federiko Valverde 76-daqiqada hisobni oçdi. Oradan tört daqiqa ötib paragvaylik himoyaçi Gustavo Gomes avtogol muallifiga aylangan bölsa, mezbonlar hujumçisi Anxel Romero 88-daqiqada töp kiritib, bu uçraşuvdagi yakuniy hisobni örnatdi.

Peru termasi Ekvadorni 2:1 hisobida taslim etdi. Peruliklar hujumçisi Edison Flores 73-daqiqada aniq zarba bilan öyindagi hisobni oçib berdi. Oradan uç daqiqa ötib uning hamyurti Paolo Urtado jamoasining yana bir golini urgan bölsa, ekvadorliklar forvardi Enner Valensiya 80-daqiqada penaltidan hisobdagi farqni qisqartirdi.

Kolumbiya va Braziliya terma jamoalari esa durang natija qayd etişdi. Birinçi bölim oxirlarida braziliyaliklar yetakçisi Neymar Villianga töpni yetkazib berdi, u esa darvozaning deyarli töqqizligini aniq nişonga oldi. Kolumbiyaliklar Radamel Falkao yordamida 56-daqiqada hisobni tenglaştirişdi. Yakuniy hisob - 1:1.

Yana bir bellaşuvda Boliviya termasi öz uyida Çilini mağlub etdi. Bahsdagi yagona gol mezbonlar hujumçisi Xuan Arse tomonidan 59-daqiqada kiritildi. 

Boliviya – Çili 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 59, Arse penalti.
Boliviya – Lampe, Valverde (Kandiya, 73), Raldes, Senteno, Bexarano, Xustiniano, Flores, Eskobar (Alvares, 46), Kampos (Çumasero, 66), Moreno, Arse.
Çili – Bravo, Bosejur, Medel, Dias, Ernandes, Dias (Valdiviya, 66), Sançes, Vidal (Valensiya, 80), Vargas (Paredes, 63), Silva, Isla.
Ogohlantirişlar: Kampos (19), Bosejur (21), Xustiniano (45), Çumasero (71), Bexarano (84).
Çetlatiş: Çumasero (90).