Jahon | 10:09 / 07.09.2017
7409
1 daqiqa o‘qiladi

GFR kansleri lavozimiga nomzod: Tramp haddan tashqari uzoq vaqt AQSh prezidenti bo‘lib turibdi

Foto: RIA Novosti

Germaniya sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi va GFR kansleri lavozimiga nomzod Martin Shultsning ma'lum qilishicha, Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimini haddan tashqari uzoq vaqtdan beri egallab turibdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Shults jurnalistning Tramp Oq uyda yana qancha ishlashi mumkin ekani haqidagi savoliga javob qaytarib, shunday dedi: «Mening fikrimcha, u hozirning o‘zida lavozimida haddan tashqari uzoq vaqt davomida qolmoqda».

Shults Qo‘shma Shtatlar prezidenti haqida bir necha bor tanqidiy fikr bildirib, yevropaliklarni Trampning siyosiy mantig‘iga bo‘ysunmaslikka chaqirgan.

Avvalroq AQShning 15 ta shtati Tramp ustidan sudga shikoyat qilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid