Sobiq birinçi raqamli tennisçi, britaniyalik Endi Marrey jarohati tufayli mavsumning qolgan qismini ötkazib yuborişini aytdi. “Afsuski, men Pekin, Şanxay, Vena va Parijdagi musobaqalarda oyoğimning son qismidagi jarohat tufayli öynamayman. Bu jarohat meni oxirgi oylar bezovta qilayotgandi. Men mutaxassislar bilan maslahatlaşib, jamoam bilan bu yili boşqa iştirok etmasligimga qaror qildik”, deb yozdi “Katta dubulğa” musobaqalarining 3 karra çempioni feysbukda.