Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda vokzal yonidagi 118 yillik suv minorasi buzib tashlandi
Foto: facebook.com/tashkentretrospective
Toshkentda payshanbaga o‘tar kechasi Temir yo‘l texnikasi muzeyi yonidagi, Kichik halqa avtomobil yo‘lida joylashgan 118 yillik suv minorasi buzib tashlandi. Bu haqda Facebook’dagi Tashkent Retrospective guruhida xabar berilgan.
«U bu yerda yuz yildan ortiq vaqt davomida turdi, shahar o‘zgardi, yo‘llar kengaydi, yangi aholi mavzelari qurildi, vokzal bir necha bor yangilandi, biroq minora o‘z o‘rnida turgandi, faqatgina vaqti-vaqti bilan yangi bo‘yoqdan yanada yorqinroq ko‘rinish kasb etib kelayotgandi, afsus», - deyilgan guruhdagi xabarda.
Suv minorasi me'mor Georgiy Svarichevskiyning ishi bo‘lib, u Shimoliy vokzal stansiyasini ham loyihalashtirgan. Vokzal 1899 yilning 1 may kuni ochilgan.
Guruhdagi xabarda qayd etilishicha, bu obektning buzilishi Shimoliy vokzal yaqinidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi va kichik halqa yo‘li kesishmasidagi yangi ko‘prikning ochilishi bilan bog‘liq.
Shuningdek, minoradan tashqari, uning yonida joylashgan eski qozonxona ham buzilayotgani ma'lum bo‘ldi. Bu ish hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq ekan.
Mavzuga oid
09:02 / 30.12.2025
Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025