Ginnes rekordlar kitobining 63-nashri chop etildi. Eng yaxshi basketbolchi-quyon, eng katta skotch o‘rami va boshqa g‘aroyib rekordlar "RIA Novosti" fotolentasida taqdim etildi.

Signus dunyodagi barcha uy mushuklari orasida eng uzun (44,66 santimetr) dum egasi hisoblanadi.

Eng katta Teddy ayiqlari to‘plami (8025 ta) Janubiy Dakota shtatidadir. Jyeki Mayli ayiqlarni AQShning barcha shtatlari hamda 29 chet mamlakatdan keltirgan.

Neo nomini olgan it 10 xalqadan iborat to‘siqlar orasidan o‘tish poygasini hammadan tez yakunlagan.

Benni garlem - dunyodagi eng baland soch turmagi sohibi. Uning uzunligi 52 santimetrni tashkil qiladi.

4 yoshli Bini eng yaxshi basketbolchi-quyon deb tan olingan. Jonivor bir daqiqa ichida 7 marta to‘pni "savatga" tushira oladi.

Erik Yaskolka - "Iks odamlar" komiksi bilan bog‘liq eng katta buyumlar kolleksiyasi egasi. Unda 15 400dan ortiq "eksponat" bor.
























