ICTWeek Uzbekistan 2017 taşkiliy qömitasi Facebook’dagi sahifasida AKT Haftaligi tadbirlarida köngillilar sifatida tayyorgarlik işlari va bevosita tadbirlarda iştirok etiş uçun ariza qabul qiliş boşlanganini ma'lum qilgandi. Barça xohlovçilar öz arizalarini 2017 yil 8 sentabridan keçiktirmay [email protected] elektron manziliga yuborişlari mumkin. Arizada ism, otasining ismi va familiyani, öqiş yoki iş joyini körsatiş, şuningdek, avval köngilli sifatida ommaviy tadbirlarda qatnaşiş böyiça tajriba haqida ma'lumot beriş va aloqa uçun raqamlar qoldiriş talab etiladi. Batafsil ma'lumotni +998 95 144 04 40 telefon raqami orqali oliş mumkin.

ICTEXPO 2017 körgazmasining barça iştirokçilari şakllantirildi. Joriy yilda iştirokçilar tomonidan birinçi marta ikki pavilon maydoni qoplandi. Körgazmada Özbekiston, Rossiya, Xitoy, Şveytsariya va boşqa davlatlardan kompaniyalar qatnaşadi. Joriy yilda davlat va xöjalik boşqaruvi idoralari, şuningdek, ijro hokimiyati organlari istisno tariqasida mahalliy kompaniyalar bilan AKT sohasida töğridan-töğri şartnomalar imzolaş imkoniyatini qölga kiritişadi. 

Şuningdek, Haftalik taşkilotçilari 20-21 sentabr kunlari «Özekspomarkaz» MKMning ICTEXPO hamda ICTSUMMIT maydonçalari yonidagi anjumanlar zalida bölib ötadigan ICTFORUM 2017 eşituvçilari sifatida qatnaşiş uçun arizalar qabul qilişni davom ettirişmoqda. Buning uçun ictweek.uz saytida röyxatdan ötiş lozim.

Forumda ma'ruzaçi sifatida iştirok etişga arizalarni qabul qiliş yakunlandi. Forum dasturi tez orada Haftalik saytida, axborot resurslari va tadbirning Facebook’dagi şaxsiy sahifasida e'lon qilinadi.

Taşkiliy qömita Haftalik tadbirlarining tasdiqlangan homiylari röyxatini e'lon qildi. AKT Sammitining asosiy homiysiga Huawei kompaniyasi, AKT Forumning «Axborot xavfsizligi» va «E-government Uzbekistan» seksiyalari homiylariga esa Softline hamda ZTE aylanadi. «AT infratuzilma» seksiyasining boş homiysi esa Microsoft böladi.