Jismoniy şaxslar tomonidan xorijiy valyutani xarid qiliş tartibi haqida kelib tuşayotgan savollarga javoban Markaziy bank öz saytida bu borada örnatilgan tartibni e'lon qildi.

Jismoniy şaxslar tomonidan valyuta xarid qilinişi

Fuqarolar xorijiy valyutani tijorat banklarining konversion bölimlarida naqdsiz körinişda, xalqaro (konversion) tölov kartasiga ötkazib beriş orqali xarid qilişlari mumkin. Milliy valyutada tölov naqd pul körinişida ham, naqdsiz körinişda — bank tölov kartalari (plastik kartalar) orqali ham amalga oşirilişi mumkin.

Xalqaro (konversion) tölov kartalarini oçiş va işlatiş bilan boğliq xarajatlar

Ayni paytda tijorat banklari tomonidan xalqaro (konversion) tölov kartalarini oçiş va işlatiş uçun quyidagi komissiya haqlari olinadi:

Kartani oçiş uçun — 75 mingdan 100  ming sömgaça (bir martalik tölov);

Kartadan foydalanib tölovlar amalga oşirilganda komissiya haqi — har bir tranzaksiya summasining 0,5 foizidan 1 foizigaça bölgan miqdorda;

Çet eldagi bankomatlardan naqd xorijiy valyuta yeçib oliş — operatsiya summasining 1 foizi miqdorida;

Xalqaro tölov tizimlari operatorlari (VISA, MasterCard va boşqalar) talablariga köra, banklar tomonidan 35 dollardan 100 dollargaça kamaytirilmas qoldiq (suğurta depoziti) örnatilgan va undan mijoz foydalana olmaydi hamda tölov kartasi yopilganidan söng u mijozga qaytariladi. Uşbu suğurta depoziti mablağlar ortiqça sarflanganida bank tomonidan işlatiladi. Mablağlarning ortiqça işlatilişi kurslarning özgarişi yoki xorijiy bank tomonidan tölov kartasi böyiça operatsiyalar bajarilganida, komissiya örnatilganida hosil bölişi mumkin.

Xalqaro (konversion) tölov kartalarining işlatilişi

Ayni paytda xalqaro (konversion) tölov kartalaridan faqat xorijiy davlatlardagina foydalaniş mumkin. Heç qanday çeklovlarsiz bankomatlardan naqd pul yeçib oliş, dökon va mehmonxonalarda, tölov kartasi qabul qilinadigan barça joylarda karta orqali tölov qiliş mumkin. Tölov kartalari barça davlatlarda işlatilişi mumkin, davlatlar böyiça çeklov yoki naqd xorijiy valyutani yeçib oliş böyiça limit örnatilmagan. Biroq, nazarda tutiş kerakki, xorijiy banklar öz bankomatlaridan naqd pullarni yeçib olişga ma'lum bir limit örnatiş amaliyotidan ham foydalanişadi. Köpinça bu limit bitta operatsiyaga nisbatan joriy qilingan bölib, operatsiyalar sonining özi çeklanmagan böladi.