15:20 / 08.09.2017
65705

Odil Ahmedov: «O‘zbekistonda kelishilgan o‘yinlar juda ko‘p»

Foto: Ukrinform

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov terma jamoasi tarkibida yangi yulduzlar yetishib chiqmayotgani borasida gapirib o‘tdi.

«O‘zbekistonda yaxshi hujumchilar, umuman yaxshi futbolchilarning yetishib chiqmayotgani asosiy sabab bu milliy chempionatimiz. Chempionatimiz saviyasi ancha past.

Kelishilgan o‘yinlar judayam ko‘p. Bu katta muammo. Tasavvur qiling: futbolchi o‘yin qanday tugashini biladi — yutadi yoki yutqazadi. Bunaqa paytda kim ham bor kuchi bilan o‘ynardi? Ular bor imkoniyatining 20 foizini ishlatib o‘ynab qo‘yaveradi. Bunday futbolchi esa xalqaro maydonda hech narsaga erisha olmaydi. O‘ynab keta olmaydi», degan Ahmedov GOL ko‘rsatuviga bergan intervyusida.

Top