Xitoy futbol assotsiatsiyasi (CFA) kelişilgan öyinlarda va noqonuniy pul tikişda ayblangan 38 nafar futbolçi va beş nafar amaldorni umrbod futboldan çetlatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ikki yillik tergov 41 futbol klubi iştirokida 120 ta kelişilgan öyinni aniqladi, dedi Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi vakili Çjan Syaopen. Xabarda bu öyinlarning qayerda ötkazilganiga aniqlik kiritilmagan.

Umrbod diskvalifikasiya qilinganlar orasida Xitoy terma jamoasining uç nafar sobiq a’zosi Jin Jingdao, Guo Tianyu va Gu Çao, şuningdek, «Şandong Taişan» jamoasida öynagan janubiy koreyalik futbolçi Song Jong Xo ham bor.

Çjan Syaopen sözlariga köra, bundan taşqari, 44 kişi poraxörlik, qimor öyinlari va noqonuniy ravişda kazino oçgani uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan, yana 17 kişi poraxörlik va kelişilgan öyinlarda ayblangan.

CFA prezidenti Son Kay sözlariga köra, ulardan 43 nafari futbol bilan boğliq faoliyatdan umrbod çetlaştirilgan, yana 17 nafari esa beş yilga diskvalifikatsiya qilingan.

Fevral oyida Xitoy terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Li Te korrupsiya va kelişilgan öyinlarda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.