Oliy Ligada bugun 4ta uchrashuv o‘tkazildi. Avvaliga «Neftchi» «Buxoro»ga o‘z uyida yutqazgan, Abramov jamoasi bu mag‘lubiyatdan keyin og‘ir ahvolda qolgan, Ulug‘bek Baqoyev boshqaruvidagi «Buxoro» esa ikkinchi o‘ringa mustahkam joylashgandi.
Samarqandda «Dinamo» «Qo‘qon-1912» jamoasini qabul qildi. Bu uchrashuv o‘yinga tayyor bo‘lmagan stadionda o‘tkazildi va muxlislar o‘yinda gol ko‘rishmadi - 0:0.

Bu durangdan keyin samarqandliklar jamoasi 21 ochko bilan 12-o‘rinda qolmoqda, «Qo‘qon-1912» 34 ochkosi bilan uchinchi o‘rinda.
Turning yana bir uchrashuvi «Obod» va «So‘g‘diyona» o‘rtasida kechdi. Uchrashuv jizzaxliklar jamoasining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. «So‘g‘diyona» safida Sanjar Rashidov, «Obod»da esa Elbek Ravshanov ikkitadan gol urishdi.
Bu g‘alabadan keyin jizzaxliklar turnir jadvalidagi holatini biroz yaxshilagan, jamoa «Sho‘rtan»ni quvib o‘tib, 21 ochkosi bilan 13-o‘ringa ko‘tarilgan, «Obod» amalda ligani tark etib bo‘lgan, 20 uchrashuvda 9 ochko va oxirgi o‘rin.
«Navbahor» safarda «Mash'al»ga yengildi - 1:2. Namanganliklar bu mag‘lubiyatdan keyin 2004 yildan beri davom etib kelayotgan Muborakdagi g‘alabasiz seriyani davom ettirdi. Jamoa «Mash'al» maydonida bir marta durang qayd etib qolgan uchrashuvlarning barchasida mezbonlarga imkoniyatni boy bergan.
Endi «Mash'al» 30 ochko to‘plagan holda beshinchi o‘rinda, «Navbahor» 29 ochkosi bilan sakkizinchi o‘rinda joylashgan.
Oliy Liga, 20-tur
«Dinamo» – «Qo‘qon-1912» – 0:0
«Dinamo»: 1. Mixail Naumov, 6. Akmal Bozorov, 8. Jasur Azimov, 9. Sardor Sulaymonov (50. Farhod Tojiyev-46), 14. Radu Rogak, 15. Shoxrux Xolmatov, 17. Aleksey Nikolayev, 19. Orif Mamajonov, 20. Amir Safarov (11. Abdumalik Abdullayev – 73), 28. Adnan Oraxovats, 90. Doniyor Ismoilov (26. Saidjamol Davlatjonov – 40).
«Qo‘qon-1912»: 12. Aziz Ashurov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 10. Javohir Sidiqov (4. Bahodir Akramov -73), 14. Doniyor Hasanov (70. Quvondiq Ro‘ziyev - 67), 19. Suhrob Berdiyev, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 77. Murod Holmuhammedov. 98. Xushnudbek Avilov, 99.Filip Rayyevats.

















