2 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining yurtimizda yagona va şaffof valyuta bozorini şakllantirişga yönaltirilgan «Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5177-sonli Farmoni imzolandi. Biznes vakillari uni yuksak kötarinkilik bilan kutib oldi.
Biroq uşbu farmon qabul qilingunga qadar bölgan valyuta majburiyatlari bilan endi qanday iş tutiş kerakligi haqida savollar paydo böla boşladi. Jumladan, yölovçi aviataşuvini amalga oşiriş sohasida. Bank xodimlari Markaziy bankdan körsatmalar kutib turişibdi, vaholanki qonunçilik bu muammoni bemalol yeça oladi, deb yozadi Norma.uz eksperti.
Yölovçilar aviataşuvini amalga oşiriş Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 avgustdagi №224-sonli qaroriga köra tartibga solingan. Uning asosida harakat qilib, «Özbekiston havo yöllari» MAK Rossiya Federatsiyasining şaharlari yönalişida, xorijiy aviakompaniyalar esa barça yönalişlarga 2017 yilning 5 sentabriga qadar aviaçiptalarni AQŞ dollarida sotib kelişayotgan edi. Agentlar va subagentlar valyuta tuşumining 50 foiz majburiy sotuvini amalga oşirişlari şart edi. 5 sentabrdan e'tiboran aviaçiptalar sömga sotilmoqda va aviakompaniyalar agentlik bitimini qaytadan imzolaşgan.
Biroq, «Özbekiston havo yöllari» MAK agentlari, xorijiy aviakompaniyalar agentlari va subagentlari va ulariga xizmat körsatayotgan banklar örtasida ba'zi muammolar vujudga kelgan.
Banklar:
- «Özbekiston havo yöllari» MAK hamda xorijiy aviakompaniyalarning Özbekistondagi agentlari va vakolatxonalari valyuta hisob raqamlariga 5 sentabrgaça bölgan muddat uçun sotilgan aviaçiptalar uçun mablağlarni ötkazib berişi lozim bölgan aviakompaniyalar agentlari va subagentlarining tölov topşiriqnomalarini bajarişdan boş tortmoqda;
- 2017 yil 5 sentabrga qadar tuşgan valyuta tuşumlardan 50 foizini majburiy sotiş töğrisidagi tölov topşiriqnomalarini agent va subagentlardan qabul qilmayapti.
Banklar özining bu xatti-harakatini 5 sentabrdan e'tiboran Özbekiston Respublikasi hududida barça özaro hisob-kitoblar milliy valyutada amalga oşirilişi, valyuta tuşumidan majburiy sotiş esa bekor qilingani bilan tuşuntirişmoqda. Prezident farmoni işga tuşgunga qadar sotilgan aviaçiptalar uçun mablağlar ötkazib berilişi va öşa davr uçun valyuta tuşumini majburiy sotuvini amalga oşiriş zarur ekani haqidagi tuşuntirişlar esa naf bermayapti. Yozma ravişda rad javobi beriş haqidagi talablarga esa, bank xodimlari Markaziy bankka murojaat qiliş kerakligini aytişmoqda.













