Yaponiya 2020 yilgi Olimpiada vaqtida mehmonxona xonalari tanqisligi muammosini hal qilişning antiqa yölini taklif qildi.
Tokioda ötadigan öyinlar butun dunyodan 10 mlnga yaqin sayyohni jalb qiladi. Şu sababli Yaponiya poytaxti oldida bunday köp miqdordagi sayyohlarni joylaştiriş muammosi vujudga keldi: mutaxassislarning prognozlariga köra, kuniga örtaça 14 mingta xona yetişmaydi.
Bu muammoni hal qiliş uçun sayyohlarga suv ustidagi mehmonxonalarda töxtaş taklif qilinmoqçi. Bu vazifani Tokio körfazida turuvçi kruiz laynerlari öz zimmasiga oladi.
Yaponiya sayohatlar byurosi turagentliklarga paketlar sotişni boşladi va bozorning bu taklifga munosabati ijobiy bölgan. Sayyohlik kompaniyalari sayyohlardan köplab murojaatlar olmoqda, çunki bunday mehmonxonalarda turiş odatdagilaridan farq qiladi. Köpçilikka Olimpiadaga taşrif vaqtida kruizda böliş tajribasiga ega böliş ğoyasi ma'qul kelgan.
Xususan, Tokiodan yarim soatlik uzoqlikda joylaşgan Yokogamada Sun Princess kruiz laynerida joylaşiş taklif qilinadi. Öyinlar vaqtida bu layner 1011 mehmonni qabul qilişi mumkin. Unda bir keça turiş narxi 270 dollardan boşlanadi.












