Mehmonxonalarni band qilişning eng past qiymatiga doir ma'lumotlar tahlil qilindi. TravelDailyNews naşri TripAdvisor'ning "Mehmonxonalarni band qiliş uçun eng yaxşi vaqt" hisoboti bilan bölişdi. 

Tadqiqotga köra, Osiyoda mehmonxonalarni sayohatga beş hafta qolganda band qilgan ma'qul, bu 22 foizgaça mablağni tejaş imkonini beradi. Parij va Londonga sayohatni rejalaştirayotgan turistlar uçun ham xuddi şunday vaqt tavsiya etiladi. 

Bangkokda mehmonxonani band qiliş uçun eng yaxşi vaqt — sayohatdan uç oy oldin (16 foizgaça tejaladi), Xanoyda — ikki oy oldin (14 foiz), Tokioda esa - bir oy oldin (30 foiz) ekani ma'lum qilingan.

Yevropa şaharlariga keladigan bölsak, u yerlarda yaşaş uçun mehmonxonani bir neça oy avval band qilgan maqsadga muvofiq. Masalan, Barselonaga sayohat qilmoqçi bölsangiz, mehmonxonani 3-9 oy oldin (23 foiz), Rim va Pragaga 3-8 oy ilgari (22 foiz) band qilganingiz ma'qul.