SAVOL: Yaqin qarindoşlarga kimlar kiradi? Şuningdek xotinimning ukasi, ya'ni qaynim yaqin qarindoşga kiradimi?
E.Rahimberdiyev
JAVOB: Oila kodeksining 57-moddasiga asosan bir umumiy uçinçi şaxsdan (ajdoddan) kelib çiqqan şaxslar qarindoşlar hisoblanadi. Ikki şaxs örtasidagi töğri şajara böyiça qarindoşlikning yaqinligi qarindoşlik darajasi, ya'ni tuğiliş soni bilan belgilanadi.
Şuningdek, Jinoyat kodeksiga muvofiq, yaqin qarindoşlar deganda, qarindoş yoki quda tomondan qarindoş bölgan şaxslar, ya'ni ota-ona, tuğişgan va ögay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, şu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, şuningdek er-xotinning ota-onasi, tuğişgan va ögay aka-uka va opa-singillari tuşuniladi.
Savolga huquqşunos Nafisa Usmonova javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

















