Zöravonlik yöli bilan Özbekistonda şariat asosidagi diniy davlat quriş tarafdori bölgan Urgut tumanida yaşovçi ikki fuqaro Jinoiy işlar böyiça Samarqand viloyat sudining qora kursisidan örin olişdi.

Sud vakilining tuşuntirişiça, Urgut tumanida istiqomat qilib kelgan ota-bola Jamoliddin va Hasan Pirmatov Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg şahrida mehnat migratsiyasida bölib turgan vaqtlarida «Islom jihodçilari» radikal guruhining emissarlari ta'siri ostiga tuşib qolişadi va jihod qilişga hamda islom xalifaligi tuzişga çorlovçi turli ekstremistik materiallarni öqib-örganişadi.

Şu maqsadda ular Internet tarmoğidan diniy fundamentalizm va ekstremizm ğoyalarini tarğib qiluvçi «Özbekiston islomiy harakati» terrorçilik taşkiloti asosçisi T.Yöldoşev va boşqa radikal ekstremistik taşkilotlar vakillarining çiqişlarini yuklab olişgan va örganişgan.

Uşbu şaxslar Markaziy Osiyo davlatlaridan kelib çiqqan boşqa hamfikrlari bilan Suriyada jang qilayotgan xalqaro jangari guruhlar a'zolariga qöşiliş yöli bilan jihod uyuştiriş ğoyasini tuzib yurişgan. Rossiya Federatsiyasi hududida böla turib, ommabop ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremizm ğoyalarini tarğib qilişgan va öz qarindoşlari hamda tanişlarini Özbekistonda xalifalik tuziş uçun göyoki «muqaddas uruş» olib borişga çorlaşgan.

«Özbekiston va Rossiya Federatsiyasi maxsus xizmatlari xodimlari tomonidan olib borilgan operativ-qidiruv va maxsus tadbirlar natijasi ölaroq, uşbu şaxslarning noqonuniy xatti-harakatlariga çek qöyildi. Ota va bola uşlanib, Özbekistonga deportatsiya qilindi», — dedi sud vakili.

Jinoyat işi materiallarini körib çiqqan va guvohlar körsatmalarini eşitgan sud H.Pirmatovni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan aybdor deb topdi va unga 10 yil ozodliklikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi, uning otasi J.Pirmatov esa 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.