Ötgan haftada Adliya vazirligi boş ofisi Lixtenşteyn knyazligida joylaşgan Şodiyev xalqaro fondining Özbekistondagi vakolatxonasini röyxatga oldi. 2011 yil Forbes tomonidan Belgiyaning birinçi raqamli millarderi sifatida e'tirof etilgan, mazkur fond asosçisi Fattoh Şodiyev haqida nimalarni bilamiz?
Taniqli tadbirkor Fattoh Şodiyev 1953 yilning 15 aprelida Jizzax viloyatida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Maktab çoğlari a'lo xulqi, ziyrak tafakkuri va bilimga intilişi bilan doim ajralib turgan kiçik Fattoh maktabni oltin medal bilan tamomlaydi. Otasi Qayum Şodiyev 1963 yildan boşlab Sirdaryo paxta trestiga rahbar etib tayinlangaç, Fattoh Şodiyev ilk mehnat faoliyatini «Sirdaryo haqiqati» gazetasida korrektorlikdan boşlaydi. Özbek millatiga mansub bölajak milliarder keyinroq Xalqaro Munosabatlar Institutida ta'lim oliş maqsadida Moskvaga jönab ketadi. U yerda Şodiyev Alişer Usmonov, Alijon Ibragimov kabi bölajak tadbirkorlar bilan birga tahsil oladi.
1979 yil öqişni a'lo natijalar bilan tamomlagan Fattoh Şodiyev Yaponiyadagi sobiq Sovet hukumatining Savdo vakolatxonasida faoliyat yurita boşladi. Uning tahliliy fikrlaşi, muhim qarorlarni qabul qilişda uzoqni köra bilişi kelgusida SSSRning Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligining sovet-yapon savdo masalalari böyiça eksperti etib tayinlanişida muhim omil bölib xizmat qildi.
Sobiq SSSR parçalanişi arafasida uning otasi Qayum Şodiyev «paxta işi»da ayblanib, uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi. Fattoh esa 1989 yildan boşlab «Promfininvest» kompaniyasida iş boşlaydi. Özbekiston mustaqilligining ilk yillarida Qayum Şodiyev bir qator nohaq ayblanganlar qatori oqlandi va ozodlikka çiqadi. Tugatilgan davlatdan qolgan meros hammaning oldiga qiyin vazifalarni qöyardi: Şodiyev Qozoğiston fuqaroligida Brussels Research & Consulting kompaniyasi prezidenti sifati tadbirkorlik faoliyatini boşlaydi.
2012 yil Forbes tomonidan Qozoğistonning törtinçi raqamli boy kişisi sifatida e'tirof etilgan Alijon Ibragimov va Fattoh Şodiyev 1992 yildan boşlab iqtisodiy hamkorlik riştalarini kuçaytira boşlagan. Bir neça işlab çiqariş korxonalari va zavodlarini boşqaruvçi Eurasian Natural Resources Corporation (ENRC) kompaniyasiga asos solgan özbekistonlik tadbirkorlar asosan mineral va qazilma boyliklar savdosi bilan şuğullanib keladi. Uzoq yillik mehnati va işonçli hamkorligi ortidan unga Belgiya fuqaroligi taqdim etilgan. Ayni kunda uning boşqaruv ostidagi kompaniya Kongoda joylaşgan Central African Mining and Exploration (CAME, Markaziy Afrika qazib çiqariş va tadqiq etiş) kompaniyasini boşqaruv tarkibiga qöşib olgan. Şuningdek, uning istiqbolli loyihalari Mozambik, Mali, Zimbabve va JARda faol körsatkiçga ega.
















