Bugungi kunda mamlakatimizda sudlarning asosiy vazifasi bölgan fuqarolar va yuridik şaxslarning huquq — erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişga oliy qadriyat sifatida qaralmoqda.

Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan sud-huquq islohotlari natijasida sudlarning odil sudlovni amalga oşirişdagi xolisligi va mustaqilligi kafolatlari huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Ayniqsa, Özbekiston Respublikasi Prezidenti taşabbusi bilan işlab çiqilgan va şu yil 7 fevralda qabul qilingan 2017 2021 yillarda Öz­bekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiya­si mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada demokratlaştiriş va erkinlaştiriş, odil sudlovni amalga oşiriş jarayonlarini sifat jihatdan yangi bosqiçga kötardi.

Harakatlar strategiyasida fuqarolarning odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş, sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini ta'minlaş, inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yönalişlari sifatida belgilangan.

Şu asosda ötgan qisqa davr­da Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yettita moddasiga özgartirişlar kiritildi. Mazkur dasturiy hujjat va Prezidentimiz imzolagan tegişli qonun, farmon, qaror va farmoyişlar ijrosi doirasida yurtimizda sud-huquq tizimi tubdan qayta körib çiqildi.

Xususan, sud hokimiyatining yagona oliy organi — Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik, jinoyat işlari, ma'muriy va iqtisodiy sudlar faoliyati yölga qöyildi. Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan ma'muriy nizolarni, şuningdek, ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişga va­kolatli bölgan şahar va tuman ma'muriy sudlari taşkil etildi.

Yana bir e'tiborli jihati şundaki, sud organlari tomonidan ayni bir vazifani takrorlaş holatlariga barham berildi. Ya'ni Qoraqalpoğiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat va Toşkent şahar sudlarining işlarni nazorat tartibida köriş vakolatlari bekor qilindi.

Bu, öz navbatida, sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini nazorat tartibida körib çiqiş tartibini tezlaştirib, odil sudlovga erişiş darajasini oşirdi va eng muhimi, fuqarolarning ustuvor konstitutsiyaviy huquqlarini yanada mustahkamlaşga huquqiy zamin yaratdi.

Natijada, 2017 yil 1 iyundan şu kun­ga qadar Oliy sud tomonidan 67 ta fuqarolik işi, 77 ta jinoyat işi böyiça yakuniy qarorlar qabul qilindi.

Şuningdek, ötgan uç oy davomida jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan 59 nafar şaxs oqlandi.