Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonga migrantlar tomonidan yil boshidan beri qancha mablag‘ o‘tkazilgani ma'lum
Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, migrantlar Qirg‘izistonga 1,3 milliard dollar mablag‘ni o‘tkazishdi. Bunday ma'lumotlar mamlakat Milliy banki tomonidan keltirildi.
Ta'kidlanishicha, iyulda pul o‘tkazmalarining sof oqimi 228,8 million dollarlik summani tashkil etgan. Bir oyda o‘tkazmalar hajmi 10 million dollarga kamaydi. Shu bilan birga, o‘tkazmalarning asosiy qismi Rossiyadan – 225,1 million dollar. Bu davlatdan yetti oy ichida 1 milliard 294,8 million dollar o‘tkazilgan.
Qirg‘izistondan boshqa mamlakatlarga yil boshidan beri 229,2 million dollarlik pul o‘tkazmalari yuborilgan. Iyulda bu raqam 37,3 million dollarni tashkil etdi. Shu tariqa, Qirg‘izistonga sof o‘tkazmalar oqimi iyulda 191,5 million dollarga, yil boshidan beri esa – 1 milliard 90 million dollarga teng bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:43 / 12.02.2026
Qirg‘iziston parlamenti spikeri ham lavozimini tark etdi
11:38 / 11.02.2026
«Kutilmagan voqea» – Qirg‘izistonning sobiq «ikkinchi odami» o‘z iste’fosi haqida
20:25 / 10.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi
18:17 / 10.02.2026