Jamiyat | 09:11 / 13.09.2017
15157
1 daqiqa o‘qiladi

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Las-Vegasda o‘tkinchiga zarba berib, nokautga tushirib qo‘ydi

Boks bo‘yicha to‘rt vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Edrian Broner Las-Vegasda noma'lum erkakni nokautga tushirib qo‘ydi. 

Bokschi dastxat berish chog‘ida kishilar orasida turgan qiz bilan janjallashib qolib, uni turtib yuborgan. Mojaroga erkak kishi aralashishga urindi, biroq Broner unga zarba bergan.

BoxingScene’ning xabar qilishicha, jabrlanuvchi yerga yiqilgan va uzoq vaqt davomida o‘ziga kela olmagan.

Bu 28 yoshli sportchi tartibni buzayotgani bilan bog‘liq birinchi holat emas. 2016 yilning yanvarida garov o‘ynagan Broner yutqizib qo‘yganidan so‘ng, g‘olibga pul berishni istamay, uning yuziga zarba bergandi.

Avvalroq falaj bo‘lib qolgan bokschi Muhammad Abdusalomovning oilasi AQShning Nyu-York shtatidan 22 mln dollar olishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid