Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an AQShni tanqid ostiga oldi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqaradagi chiqishi davomida Vashingtonni Turkiyaga Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari yetkazib berilishiga bildirgan reaksiyasi tufayli tanqid qildi.
«Biz S-400 bo‘yicha kelishuvga erishganimizda, ularning jahli chiqa boshladi. Nima, biz sizlarni kutishimiz kerakmi? Biz choralarni mustaqil qabul qilamiz va kelajakda ham shunday bo‘lib qoladi», - deya prezidentning so‘zlarini keltiradi Hurriyet nashri.
Avvalroq Pentagon vakili Jonni Maykl AQSh Turkiyaga raketalarga qarshi mudofaa tizimi yetkazib berishni tezlashtirishi haqida ma'lum qilgandi. Ular NATO standartlariga mos tushadigan bo‘ladi.
Kecha Turkiya S-400 zenit-raketa tizimlari uchun Rossiyaga qisman to‘lovni amalga oshirgani xabar qilindi.
Mavzuga oid
19:37
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
11:20
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:55
Sirskiy: Rossiya Chernixiv viloyatiga hujum qilishni rejalashtirmoqda
09:15