Osiyo çempionlar ligasining 1/4 finalidan örin olgan Xitoyning «Guangçjou Evergrand» va «Şanghay SIPG» jamoalari örtasidagi javob uçraşuvi yakuniga yetdi.
Şanghayda keçgan uçraşuvda Odil Ahmedov jamoadoşlari bilan 4:0 hisobida zafar quçdi. Endi bu safar Luis Felipe Skolari şogirdlari öz uyida şunday ğalabani qölga kiritişdi va hakam qöşimça daqiqalarni belgiladi. Qöşimça daqiqalarda ikkala jamoa ham bittadan gol kiritişdi. OÇL reglamentiga muvofiq qöşimça daqiqalarda mehmonda urilgan gol qoidasi bekor qilinişi bois penaltilar seriyasi belgilandi.
Penaltilar seriyasida mezbonlar vakili Rikardo Gulartning xatosi yagona böldi. Mehmonlar tarkibida esa barça futbolçilar, jumladan Halk, Oskar va Odil Ahmedov ham darvozani aniq nişonga oldi. Yakunda 5:4 hisobidagi ğalaba Andre Villaş-Boaş jamoasini OÇL yarim finaliga olib çiqdi.

















