Osiyo çempionlar ligasining çorak finalida Özbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov töp suradigan «Şanghay SIPG» klubi dastlabki uçraşuvda «Guangçjou Evergrand» ustidan öz maydonida 4:0 hisobida ğalaba qozongan edi. 

Bugun bölib ötgan javob uçraşuvida esa maydon egalari «Guangçjou Evergrand» öyinning asosiy bölimlarida 4:0 hisobida ğalaba qozondi. Qöşimça 15 daqiqalik ikki bölimda ham 1:1 hisobi qayd etilgaç, Odil Ahmedov jamoasi penaltilar seriyasida 5:4 hisobidagi ğalabaga erişdi. Qayd etib ötiş joiz, 11 metrlik nuqtadan yöllangan Odilning zarbasi ham aniq böldi va u ham uşbu ğalabaga katta hissasi qöşdi.

Taniqli futbol şarhlovçisi Xayrulla Hamidov uşbu öyindan söng Odil Ahmedov bilan gaplaşgan.

Odilning bayon qilişiça, guangçjouliklar uçraşuv oldindan ularga rosa «öyin» qilişibdi: 

«Şanghay SIPG» klubi şahar çekkasida joylaşgan xaroba mehmonxonaga joylaştirişgan, futbolçilarni keçasi bilan uxlatişmagan, atay politsiya xodimlarini tekşirişga kirgizaverişgan. Ertasi kuni öyin uçun stadionga yöl olgan avtobusi oldida önga yaqin avtohalokatlar sodir qilib, jamoaning uçraşuvga keçikib kelişini «ta'minlaşgan».