San-Frantsiskoda havo sifatini nazorat qiliş böyiça xizmat Rossiya konsulligiga çiqindini yoqiş böyiça norma buzilgani haqida bildirişnoma yuboradi. Bino ozod etilişidan bir kun avval uning ustidan «qora tutun» kötarilgandi. Bu haqda CBS xabar bermoqda.
«Biz çiqindini yoqiş normalari buzilgani haqida bildirişnoma yuboramiz. Konsullik xodimlari biz bilan qonunbuzarlik holatini tartibga soliş uçun boğlanişlari lozim», - deya ma'lum qildi xizmat vakili Ralf Bormann.
Şuningdek, Bormanning ma'lum qilişiça, konsullikka norma buzilişi uçun jarima yoziladi, biroq uning summasi hali aniqlanmadi, sababi tartibga soliş jarayoni «bir haftadan bir neça oyga qadar çözilişi mumkin».
Xabar qilinişiça, hodisa 1 sentabr kuni, konsullik xodimlari AQŞ ma'muriyati buyruğiga köra binoni tark etişlaridan bir kun avval yuz bergan. Hodisa joyiga öt öçiriş xizmati xodimlari yetib kelişdi, biroq ular binoga qöyilmadi, röy bergan voqea esa «yolğon trevoga» sifatida qayd qilindi.
Avvalroq Amerika kuç tuzilmalari xodimlarining RF boş konsulligidagi harakati tasvirlangan video e'lon qilingandi.

















