Apple korporatsiyasining uzoq kutilgan taqdimoti 12 sentabr kuni yangi ochilgan Stiv Jobs teatrida bo‘lib o‘tdi. Onlayn-translyatsiyada ta'kidlanishicha, bu teatrda faqat Apple qurilmalarining taqdimoti o‘tkaziladi. Taqdimot Stiv Jobsni xotirlash va uning ovozi hamda suratlari bilan boshlandi.
Marosimni Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk ochib berdi. U Stiv Jobs va uning g‘oyalari, shuningdek AppleStore'da amalga oshirilgan o‘zgarishlar va yaqindagina AQShda kuzatilgan "Xarvi" va "Irma" dovullari haqida so‘z yuritdi.
Apple Kupertinodagi an'anaviy taqdimotida biryo‘la uch yangi smartfonini namoyish etdi: iPhone 8, iPhone 8 Plus va yubiley qurilma hisoblangan iPhone X (10!). Qurilmalar narxi versiyasiga qarab 699 (iPhone 8) va 999 (iPhone X) dollardan boshlanadi. Shuningdek brendning yangi Apple Watch soatlari hamda Apple TV ham taqdim etildi. Apple kompaniyasining yangi qurilmalari maxsus fotojamlanmada:

Apple iPhone X qurilmasi 5,8 dyuymli OLED-displeyga ega, 12 sentabr, 2017 yil

Yangilangan Apple qatorlaridagi mahsulotlar narxi, 12 sentabr, 2017 yil

Yangi Apple Watch "aqlli" soatlari, 12 sentabr, 2017 yil

























