Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunni imzoladi.
U Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 15 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2017 yil 24 avgustda ma'qullangan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘RQ—378-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, №12, 340-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ- huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydilar; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:05 / 07.06.2026
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026