Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida birinchi tur o‘yinlari yakunlandi. 12 sentabr kuni A, B, C va D guruhlarida asosan kuchli jamoalar kuchsiz jamoalarni osonlik bilan yengishi kuzatilgan bo‘lsa, keyingi kunda keyingi guruhlarda bir muncha teng kurashlarga guvoh bo‘lindi. 

Ikkinchi kunda ham birinchi kundagi kabi gollar ko‘p bo‘ldi, 8 uchrashuvda muxlislar 26ta gol guvohiga aylanishdi (Birinchi kuni shuncha uchrashuvda 28ta gol urilgandi). Bu gollar birinchi kundagiga qaraganda chiroyliroq ham bo‘ldi.

E guruhi
«Liverpul» – «Sevilya» – 2:2 (Roberto Firmino, 21. Saloh, 37 – Ben Yyedder, 5. Korrea, 72).
Noaniq penalti: Roberto Firmino, 42 (shtanga).
«Maribor» – «Spartak» – 1:1 (59, Samedov, 0:1 – 85, Boxar, 1:1).

«Enfild» qizardi
Inglizlar va ispanlar uchrashuvi kutilmagan holatda boshlandi – Ben Yyedder 5-daqiqadayoq himoyachilar xatosidan unumli foydalanib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi.

Javob goli ham tez ro‘y berdi – Roberto Firmino Ouen, Litmanen, Sisse, Morentes va Balotelli kampaniyasiga qo‘shildi –  u «Liverpul» safida Chempionlar ligasidagi debyut uchrashuvdayoq gol urgan oltinchi futbolchiga aylandi.

«Liverpul» bosimni davom ettirdi, Saloh himoyachidan to‘pni olib qo‘yib, uni darvoza to‘riga yo‘naltirdi. Ammo Firmino o‘yin qahramoniga aylana olmadi, u penaltidan gol ura olmadi. Darvoza ustuni unga xalal berdi.

Shundan so‘ng «Enfild» qizara boshladi. Mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi Eduardo Beritstso sportga xos bo‘lmagan harakatlari tufayli chetlatildi Eduardo, o‘yin oxirida esa mezbonlar himoyachisi Jo Gomes hakam bilan tortishgach, maydondan haydaldi. «Liverpul» o‘yin davomida ustunlik qildi, darvozaga 22 marta zarba berildi, raqibda esa bu ko‘rsatkich 3ta. Lekin  Muriel va Korreaning zarbalari aniq bo‘lib, o‘yinda 2:2 hisobi qayd etildi.