Bugun Yevropa chempionatlarida navbatdagi turlar start oladi. «Tribuna» o‘quvchilarni Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya chempionatlaridagi asosiy to‘qnashuvlar bilan tanishtiradi.
KRISTAL PELAS – SAUTHEMPTON
(16 sentabr, 16:30)

Angliyada dastlabki iste'fo ro‘y berdi. «Burgutlar» boshqaruvida Frank De Bur o‘rnini Roy Hojson egalladi. Albatta, yangi murabbiy boshchiligida jamoaning qaysi tomonga o‘zgarganini kuzatish qiyin. Xo‘sh, «Kristal Pelas» mavsumdagi ilk golini nihoyat uradimi? Asosiy savol mana shu bo‘lib turibdi.
Raqib esa, anoyi emas. Ayniqsa, kuchli himoya chizig‘iga ega. Lekin ayniqsa, gol urish bo‘yicha bu jamoaning ham muammolari bor. «Sauthempton» APLdagi so‘nggi 15 uchrashuvdan 10tasida raqib darvozasiga gol ura olmagan. Xuddi 0:0 bilan tugaydigan o‘yinga o‘xshaydi, lekin albatta, tomosha qiling.
XeTAFe – BARSeLONA
(16 sentabr, 19:15)

«Barselona» muxlislari yurtimizda juda ko‘p va bu o‘yinni alohida reklama qilish shart emas. Ammo Barselonada yangi uchlik shakllanib borayotgani, Rakitichning ajoyib formasi, Messining tinmay gol ura boshlagani boshqa muxlislarni ham ekranga jalb qilsa ajab emas.
«Hetafe» 2013 yildan buyon o‘z maydonida «Barselona» darvozasini ishg‘ol qila olmayapti. Ilk 3 turda 9-0 to‘plar nisbati bilan 9 ochko to‘plab, eng yaxshi startiga erishgan kataloniyaliklar seriyani davom ettira oladilarmi?
UOTFORD – MANCheSTeR SITI
(16 sentabr, 19:00)

«Manchester Siti»ning ishtahasi ochildi. So‘nggi bir haftada ikki yirik hisobdagi g‘alabalar – «Liverpul» ustidan 5:0, «Feyyenord» maydonida 4:0. Uoker va Mendi nihoyat qanotlarga hokimga aylanib, tinmay golli paslar amalga oshirishyapti, Stounz esa, umuman bombardirga aylanib ketdi.





















