Ma'lumki, hozirda Özbekistonda tibbiyot sohasini yanada rivojlantiriş va tibbiyot muassasalariga yetakçi xorij tajribasini jalb qiliş böyiça davlat tomonidan katta sa'y-harakatlar amalga oşirilmoqda.

Uşbu sa'y-harakatlar davomida tibbiyot sohasida köplab anjumanlar, seminarlar, forumlar va xorijlik yetakçi professor-şifokorlar bilan hamkorlikda xayriya tibbiy maslahatlari va muolajalari taşkil qilinib kelinmoqda.

Mana şu qilinayotgan işlar doirasida, joriy yilning 18-19 sentabr kunlari Koreya Respublikasi Pusan Universiteti, Yangsan Şifoxonasining bir qator yetakçi professor-şifokorlari iştirokida urologiya, pediatriya va qon-tomir kasalliklari yönalişlari böyiça poytaxtdagi «STAR MED CENTER»  xususiy klinikasida yurtdoşlarimiz uçun bepul tibbiy maslahatlar berilişi taşkil qilinmoqda.

Uşbu bepul tibbiy maslahatlar imkoniyatlaridan foydalaniş uçun 17 sentabrga qadar yurtdoşlarimiz (+99897) 776-99-81 telefon raqamiga qönğiroq qilib, oldindan röyxatdan ötişlari mumkin.