Ekvador prezidenti Lenin Moreno uning işçi xonasida yaşirin videokamera örnatilgani va u 8 yil davomida işlab kelganidan xabar topgaç, ğazab otiga mindi. U bu haqda tvitterda ma'lum qildi.
“Men bundan karaxt holdaman va ğazabdaman. Mening xonamda masofadan boşqariluvçi yaşirin kamera örnatilgan bölgan. Bu şaxsiy hayotga qarşi jinoyat”, deb yozgan Moreno.
Uning aytişiça, kamera undan avvalgi prezident Rafael Korrea tomondan örnatilgan bölgan. Korrea bu lavozimni 2007 yildan 2017 yilgaça egallab kelgan.
Morenoning ta'kidlaşiça, Korrea kameradagi tasvirni öz telefoniga olgan bölişi mumkin. Prokuraturaga uşbu holat yuzasidan tergov boşlaş topşirilgan.
Moreno prezident lavozimini bajarişga 2017 yil 24 mayda kirişgan. 1998 yilda öğrilar hujumi oqibatida olgan jarohati sababli uning tanasining pastki qismi işlamaydi. U nogironlar aravaçasida harakatlanadi. Moreno 2013 yildan beri BMT boş kotibining nogironlik masalalari böyiça maxsus elçisi lavozimini egallab keladi. Imkoniyati çeklangan odamlarga yordam berişdagi faoliyati uçun 2012 yilgi Nobel mukofotiga nomzodi qöyilgandi.

















