Zond Saturn atmosferasiga kirgach 2 daqiqaga qolmay yonib ketgan. Cassini’dan oxirgi signal Toshkent vaqti bilan soat 16:55da olingan, biroq u qurilmaning o‘zidan avvalroq yuborilgan – signalning Yergacha yetib kelishi 86 daqiqacha vaqtni olgan. NASA mutaxassislarining aytishicha, 13 yil ichida zondning batareyalari juda quvvatsiz holga kelgan va uni yo‘q qilib yuborish qarori u qulash vaqtida Saturnning yo‘ldoshlari Titan va Entseladga shikast yetkazmasligi tufayli qabul qilingan.
NASA agentligi zond yuborgan so‘nggi suratlarni chop etdi. Zond yuborgan yuz minglab suratlar Saturnning yo‘ldoshlari – Titan, Yapet va Entselad, uning halqalarini o‘rganishga imkon bergan.
Saturn halqalari strukturasi
Saturnning eng katta yo‘ldoshi – Titan
Titan surati
Saturn halqalari
Saturn g‘arbiy yarimsharining oxirgi suratlaridan biri
Cassini zondining oxirgi rangli surati
Saturn yo‘ldoshi Entselad
Cassini dasturi rahbari Erl Meyz (markazda) uning yakunlanganini e'lon qilmoqda










