15 sentabr kuni Xalqaro Press klubning navbatdagi anjumani yana jonli efir orqali namoyiş etildi. Sessiya Xalqaro press-klub rahbari Şerzod Qudradxöjayev boşçiligida olib borildi. KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, bugungi tadbir "Biznes-ombudsman - tadbirkorlik himoyasi va vazifalar tahlili” mavzusiga bağişlandi. 

Anjumanda spiker sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiliş böyiça vakili Dilmurod Kasimov, savdo-sanoat palatasi raisining birinçi örinbosari Islom Jasimov, adliya vaziri örinbosari Maxmud Istamov iştirok etdi. 

Anjuman davomida Özbekistonda faoliyat olib boradigan Biznes-ombudsman vakilining asosiy vazifalari sanab ötildi: 

- tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş, tadbirkorlarining huquqlarini himoya qiliş sohasida davlat siyosatini şakllantiriş hamda amalga oşirişda iştirok etiş;
- davlat organlari tomonidan ular huquqlariga rioya etilişi yuzasidan nazoratni amalga oşiriş;
- faoliyatini tekşiriş amalga oşirilayotganda ularni huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaş;
- tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda röyobga çiqarilişini örganiş;
- qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişga ta'siri samaradorligini baholaş;
- tadbirkorlik sub'yektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlaşga, ularni rivojlantirişni rağbatlantirişga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillaştiriş yuzasidan takliflar tayyorlaş.
Hozirda Biznes-ombudsman vakili Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida jami 3 150 tadbirkor bilan uçraşuv ötkazdi. Şuningdek, uşbu viloyatlardagi mahalliy davlat hokimiyati, nazorat va huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi örganildi.

Davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining institutlari bilan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilişda hamkorlik örnatiş yuzasidan 21ta Memorandum loyihalari işlab çiqilib, kelişiş uçun tegişli taşkilotlarga yuborildi.