Baliq iste'mol qilişning minimal me'yor miqdori bir yilda bir kişi uçun 12 kilogrammni taşkil kiladi. Respublikada 32 milliondan ziyod aholining baliq iste'mol qiliş me'yori 384 ming tonnani taşkil etadi. KUN.UZ muxbiri 24 aprel kuni Xalqaro Press-klubning "Baliqçilik: yetti xazinaning biri yoxud islohotlarning yangi bosqiçi" mavzusidagi sessiyasida taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyasiga köra, bir kişi bir yilda 12 kilogrammdan kam bölmagan miqdorda baliq iste'mol qilişi kerak. Köp davlatlarda bu me'yoridan ham oşadi, ya'ni 40 kilogrammga ham yetadi. Biroq Özbekistonda bu körsatkiç örtaça 3 kilogrammni taşkil etadi. Şu bois mamlakatimizda bugungi kunda bu borada tub islohotlar boşlandi. Prezident Şavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni "Baliqçilik tarmoğini jadal rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi qarorni imzoladi. Uşbu qarorga muvofiq, mamlakatimizda birinçi marta baliqçilik sohasini rivojlantirişning huquqiy tizimi töliq şakllandi.
Bugungi kunda Özbekiston Respublikasi böylab oziq-ovqat mahsulotini işlab çiqariş hajmini oşirişga qaratilgan maqsadli dasturlar qabul qilinib, ularning ijrosi ta'minlanib kelmoqda. Içki bozorning sifatli va arzon narxda baliq mahsulotlari bilan töldiriş masalalari hamda baliq mahsulotlarining barqaror narxini saqlanişi Xalqaro Press-klub maydonida muhim muhokama mavzusiga aylandi.

Tadbirda ma'lum qilinişiça, bugungi kunda dunyo böylab jami 96 million tonna baliq yetiştiriladi. Özbekistonda esa bu körsatkiç yiliga 450 tonnani taşkil qiladi.
Baliqçilik sohasi böyiça işlab çiqilgan dasturga muvofiq, hozirda Özbekistonda Rossiya, Vengriya, Vetnam












